Viloyat hokimlariga yangi o‘rinbosar va maslahatchi lavozimi joriy etiladi

Viloyat hokimlariga yangi o‘rinbosar va maslahatchi lavozimi joriy etiladi
Prezidentning “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, qaror bilan quyidagi lavozimlar joriy etildi:
  • Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Navoiy, Sirdaryo, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahar hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi;
  • Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlarida hokimning turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi o‘rniga tegishlicha turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.