Olimlar koronavirusni «o‘ldiruvchi» mahsulotni aniqlashdi

Olimlar koronavirusni «o‘ldiruvchi» mahsulotni aniqlashdi
Foto: «On-desktop.com»
Fransiyaning Monpele universiteti tadqiqotchilar guruhi koronavirusni «o‘ldiruvchi» mahsulotni aniqlashdi, deya xabar berdi «The Sun».
Tadqiqot mualliflarining ma’lumotlariga ko‘ra, bu mahsulot oddiy karam hisoblanadi. Olimlar koronavirusdan o‘lim darajasi past bo‘lgan mamlakatlarda karamning har xil turlari ko‘p iste’mol qilinishini aniqlashdi. Masalan, Germaniya va Janubiy Koreyada COVID-19 bemorlari orasida o‘lim ko‘rsatkichi juda past, — deb yozadi «The Sun».

Ta’kidlanishicha, karam tarkibida koronavirusning og‘ir kechishiga to‘sqinlik qiladigan moddalar mavjud. Oddiy misol, tuzlangan karam tarkibidagi antioksidantlar organizmning patogenlarga qarshi himoyasini kuchaytiradi.

Avvalroq ispaniyalik diyetolog Alexandro Kanovas va Ispaniya pulmonologiya va torakal xirurgiya (SEPAR) jamiyati rahbari Eusebi Chiner o‘pkani koronavirusdan himoya qilishga yordam beradigan mahsulotlarni sanab o‘tishgandi. Kanovasning so‘zlariga ko‘ra, tuxum, guruch, baliq, yong‘oq nafas tizimini mustahkamlashga yordam beradi.

Chiner esa buni o‘pka holati yomonlashganda organizmning oqsilga ehtiyoji ortishi bilan izohlagan. Xususan, tuxum tarkibida A vitamini kabi yog‘da eriydigan darmondorilar, shuningdek, sifatli oqsillar bor.

Manba: Xabar.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.