Toshkentda tibbiyot xodimlariga minnatdorchilik aks etgan bannerlar paydo bo‘ldi (foto)

Toshkentda tibbiyot xodimlariga minnatdorchilik aks etgan bannerlar paydo bo‘ldi (foto)
Foto: «Afisha.uz»
Koronavirusning birinchi to‘lqini vaqtida butun dunyo bo‘ylab odamlar tibbiyot xodimlarga minnatdorchilik bildirish uchun birlashdi. Bunda derazalardan turib qarsaklar chalindi, yorqin graffitlar va asfaltlarga «Rahmat!» so‘zlari chizildi.

Masalan, Moskvadagi «Kosmos» mehmonxonasi binosida «Shifokorlarga rahmat» jumlasi paydo bo‘ldi. Mehmonxona ishchilari derazalardagi chiroqlarni yoqib, koronavirusga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlariga ushbu minnatdorchilik so‘zi paydo bo‘lishiga yordamlashdi.
Toshkentda tibbiyot xodimlariga minnatdorchilik aks etgan bannerlar paydo bo‘ldi (foto)
Foto: «Afisha.uz»
Toshkentda esa «Yuksalik» umummilliy harakati tashabbusi bilan Humo Arena fasadida «O‘zbekiston shifokorlariga rahmat» mavzusida aksiya-fleshmob o‘tkazildi.
Toshkentda tibbiyot xodimlariga minnatdorchilik aks etgan bannerlar paydo bo‘ldi (foto)
Foto: «Afisha.uz»
«Afisha.uz»ning yozishicha, 30 iyul kuni esa poytaxtning turli nuqtalarida joylashgan bilbordlarda koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarga minnatdorchilik bildirilgan maketlar paydo bo‘lgan.
Toshkentda tibbiyot xodimlariga minnatdorchilik aks etgan bannerlar paydo bo‘ldi (foto)
Foto: «Afisha.uz»
Telegram’dagi «Hozir hammasi bo‘ladi» reklama kanali asoschisi Vitaliy Xalzunov ushbu bannerlarning orginal variantini bepul tarmoqqa joylab, bo‘sh yotgan bilbord egalarini ushbu minnatdorchilik so‘zlarini joylashtirishga chaqirdi.
Toshkentda tibbiyot xodimlariga minnatdorchilik aks etgan bannerlar paydo bo‘ldi (foto)
Foto: «Afisha.uz»
«Reklamachi do‘stlar, bilaman, bu yerda ko‘psizlar, shaharda ham bo‘sh yotgan konstruksiyalar ko‘p. Bugungi kunning bosh qahramonlari va butun vaziyatni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida bo‘sh yotgan bilbordlarga biror nima joylashtiring. Konstruksiya shundoq ham bekor turibdiku.

Arial shrifda yozilgan ‘Rahmat’ so‘zi — bu hech narsa bo‘lmaganidan yaxshiroq
», — deydi u
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.