Marg‘ilonda garov o‘ynab, Nexia’ga 3 tonna sement yuklagan haydovchiga chora ko‘rildi

Marg‘ilonda garov o‘ynab, Nexia’ga 3 tonna sement yuklagan haydovchiga chora ko‘rildi
6 avgust kuni marg‘ilonlik fuqaro o‘z tanishi bilan katta mablag‘ evaziga garov o‘ynab, Nexia rusumli avtomashinasiga qoplangan 3 tonna sement mahsulotlarini yuklab «Qashqar» mahallasi bo‘ylab harakatlangan.

Bu xatti-harakat tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda tarqalgan. Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, avtomashinaning yuk ko‘tarish imkoniyatidan bir necha barobar ortiqcha bosim uning tayanchlarining darz ketishiga sabab bo‘lib, haydovchi va atrofdagilar hayotiga katta xavf tug‘dirgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan haydovchiga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.