Koronavirus tufayli o‘limning yana bir sababi aniqlandi

Koronavirus tufayli o‘limning yana bir sababi aniqlandi
Yevropa Ittifoqi aholisi orasida o‘lim sabablaridan biri — atrof-muhit omillari, jumladan, havo ifloslanishi va anomal issiqlik. Bu haqda Yevrokomissiya saytida chop etilgan ma’lumotlar guvohlik bermoqda.

Har sakkizinchi yevropalik (mintaqadagi jami aholining 13 foizi) «atrof-muhit sifati yomonligi» bois vafot etyapti. Hisobotda ta’kidlanishicha, ushbu omil bilan o‘lim darajasi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik bor.

«Atrof-muhit sifatini yaxshilash orqali ushbu o‘limlarning oldini olish va statistikani sezilarli darajada kamaytirishga erishish mumkin», — deyiladi hujjatda.

Xullas, havoning ifloslanishini salomatlikni yomonlashtiruvchi xavfli sabablardan biri deya atashdi: har yili u 400 ming kishining o‘limiga olib kelmoqda. Ifloslangan havoda xavfli moddalarning uzoq vaqt ta’sir ko‘rsatishi diabet, saraton va o‘pka kasalliklarini chaqirishi mumkin. Shuningdek, ifloslanish tufayli COVID-19 pnevmoniyasi bilan kasallangan bemorlar orasida o‘lim ko‘rsatkichi oshayotgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.