Filtrli niqoblardan qancha muddat foydalanish mumkin?

Filtrli niqoblardan qancha muddat foydalanish mumkin?
Kecha AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nargiza Nurullayeva ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifingda koronavirus infeksiyasi yuzasidan aholi savollariga javob qaytarildi:

Savol: Filtrli niqoblardan qancha muddat foydalanish mumkin?
Javob: Ko‘p qavatli niqoblar, bundan tashqari yaxshi sifatli filtrga ega bo‘lgan maxsus respiratorlar virusdan eng yaxshi himoya vositasi hisoblanadi.

Respiratorning odatiy niqobdan farqi, u yuzga nisbatan ko‘proq tegib turadi, ko‘pincha nafas chiqarish klapani bo‘ladi.
Shuning uchun respiratorlar virusga qarshi samarali hisoblanadi. Respiratorni 6 soatgacha taqish mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.