Samarqanddagi OTMlarga kirish imtihonlarida birovning o‘rniga kirishga uringan 12 nafar abituriyent fosh qilindi

Samarqand viloyat IIB hamda test markazi xodimlari hamkorligida 2020 yil 9 sentabr kuni o‘tkazilgan reyd tadbirida OTMlarga kirish imtihonlarida 28 ta holatda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilgani ma’lum bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Samarqand viloyat IIB
Ta’kidlanishicha, qoidabuzarliklarning aksariyati imtihonga telefon olib kirish bilan bog‘liq bo‘lib, 18 nafar abituriyent shunday qoidabuzarligi sabab 9 sentabr kuni imtihonlarga kiritilmagan. 8 ta holatda imtihonga boshqa birovning o‘rniga kirish holatiga duch kelingan. Ikkita holatda esa «shpargalka» olib kirishga urinish fosh etilgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, viloyatda imtihon tadbirlari boshidan buyon 123 ta holatda telefon, 40 ta holatda texnika moslamalari, 9 ta holatda «shpargalka» va 1 ta holatda qo‘lbola aloqa vositasi, 12 ta holatda esa o‘rniga o‘rin kirishga urinish holati aniqlangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.