Toshkent viloyatida Maserati, Audi va Malibu’da poyga uyushtirgan haydovchilarga chora ko‘rildi

Toshkent viloyatida Maserati, Audi va Malibu’da poyga uyushtirgan haydovchilarga chora ko‘rildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Qibray va Yuqori Chirchiq tumanlarini Toshkent shahri bilan bog‘lovchi, yangi qurilgan avtomobil yo‘lida bir guruh haydovchilar tungi vaqtda xavfli holatni yuzaga keltirgan holda poyga uyushtirgani aks etgan videolavha tarqaldi. Toshkent viloyati IIBB YHXB tomonidan ushbu holatga oydinlik kiritildi.
Toshkent viloyatida Maserati, Audi va Malibu’da poyga uyushtirgan haydovchilarga chora ko‘rildi
Ma’lum bo‘lishicha, uch nafar haydovchi, ya’ni, 1993 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahrining Mirobod tumanida yashovchi M.R. Audi, 1992 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yashovchi T.Sh. Malibu 2 va 1992 yilda tug‘ilgan K.A. Maserati transport vositalarida harakatlanish xavfsizligi talablariga zid ravishda, o‘zaro kelishuv asosida poyga uyushtirgan.
Toshkent viloyatida Maserati, Audi va Malibu’da poyga uyushtirgan haydovchilarga chora ko‘rildi
Viloyat IIBB YHXB tomonidan ushbu video lavhada aks etgan barcha transport vositalari aniqlanib, ularning haydovchilari bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgani aytiladi.

Qayd etilishicha, bu shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-5-moddasi 2-qismi tartibida bayonnoma rasmiylashtirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.