Salkam 2 milliard so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalarini yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinish fosh bo‘ldi

Salkam 2 milliard so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalarini yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinish fosh bo‘ldi
Bojxona organlari tomonidan sifati kafolatlanmagan dori vositalarini turli qing‘ir yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, xorijiy aviareys bilan Toshkent xalqaro aeroportiga uchib kelib, «yashil» yo‘lak orqali harakatlangan fuqaro M.S.ning bagaji o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, yuklar orasida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan, umumiy qiymati 1 mlrd. 950 million so‘mlik 4899 dona turli sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.