Talabalar qanday hollarda akademik ta’til olishlari mumkin?

Talabalar qanday hollarda akademik ta’til olishlari mumkin?
Qonunchilikka ko‘ra, O‘zbekiston OTM talabalariga akademik ta’til quyidagi hollarda berilishi mumkin:
- harbiy xizmatni o‘tash uchun;
- salomatligini tiklash uchun;
- homiladorlik va tug‘ish uchun;
- bolalarni parvarish qilish uchun.

Akademik ta’til o‘quv yilining har qanday qismida, quyidagi muddatlarga beriladi:
- harbiy xizmatni o‘tash uchun – harbiy xizmatni o‘tash muddatiga;
- salomatligini tiklash uchun – 12 oy muddatga;
- homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish uchun – homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish ta’tillari muddatiga.

Talabalarga o‘qish davomida 2 marta, (tibbiyot ta’lim muassasalari talabalariga 3 martagacha) akademik ta’til berilishi mumkin.
1-kurs talabalariga akademik ta’til faqat ularning kasalligi tufayli beriladi. Akademik ta’til davrida stipendiyalar to‘lanmaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.