Samarqandlik avtoblogerning mashinasi yoqib yuborilgani aytilmoqda

Samarqandlik avtoblogerning mashinasi yoqib yuborilgani aytilmoqda
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Ijtimoiy tarmoqlarda samarqandlik avtobloger Baxtiyorning transport vositasiga o‘t qo‘yilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Qayd etilishicha, unga qarshi harakatlar bundan ikki hafta oldin boshlangan. Bloger o‘sha vaqt uning mashinasining g‘ildiraklari ikki marta o‘tkir tig‘ bilan teshishganini aytgan.

2020 yil 16 dekabr kechasi soat taxminan 02:30 lar atrofida, ko‘cha hovlisida turgan «Lasetti» rusumli transport vositasiga o‘t qo‘yishgan.
Bu uning avtoblogerlik faoliyati bilan bog‘liq hodisa bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.