200 million so‘mlik televizorlar manzilga yetib bormadi

Bojxona organlari tomonidan tovar-moddiy boyliklarining respublika hududiga noqonuniy olib kirilishini oldini olish va aniqlashga qaratilgan tezkor tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro Yu.O. boshqaruvidagi “Sprinter” rusumli yuk avtotransport vositasi to‘xtatilib uning yukxonasi o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Natijada, avtomashinada xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan va maxsus markirovka bilan markirovkalanmagan umumiy qiymati 200 million so‘mlik 98 dona televizorlar borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Jumladan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro Yu.O. boshqaruvidagi “Sprinter” rusumli yuk avtotransport vositasi to‘xtatilib uning yukxonasi o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Natijada, avtomashinada xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan va maxsus markirovka bilan markirovkalanmagan umumiy qiymati 200 million so‘mlik 98 dona televizorlar borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













