Navoiyda «Matiz» yo‘ldan chiqib, ag‘darilishi oqibatida bir kishi vafot etdi

3 yanvar Tomdi tumani hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida avtohalokat sodir bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, 1991 yilda tug‘ilgan haydovchi M.O. «Matiz» avtomashinasida tezlikni me’yoridan oshirgan va boshqaruvni yo‘qotgan. Ehtiyotsizlik sababli mashina yo‘ldan chiqib, ag‘darilib ketgan.
Ayanchli avtohalokatda haydovchi bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi tan jarohatlari olib, Tomdi tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro S.K. olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan Tomdi tuman IIB tomonidan M.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ayanchli avtohalokatda haydovchi bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi tan jarohatlari olib, Tomdi tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro S.K. olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan Tomdi tuman IIB tomonidan M.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













