Qirg‘izistonlik fuqaroning Toyota avtomashinasi Bektemir posti yaqinida Lacetti va beton to‘siqqa urildi

Qirg‘izistonlik fuqaroning Toyota avtomashinasi Bektemir posti yaqinida Lacetti va beton to‘siqqa urildi
Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati
Toshkentning Bektemir tumanida Qirg‘iziston fuqarosi boshqaruvida bo‘lgan Toyota Land Cruiser Lacetti’ga urilib, yo‘l-tansport xodisasini sodir etdi, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB.

Ma’lum qilinishicha, 12 yanvar kuni soat 21:35 larda Bektemir tumanidagi «Sharq» YPX posti yaqinida 32 yoshli Qirg‘iziston fuqarosi Samit A. o‘zining boshqaruvidagi Toyota Land Cruiser’da avariyaga uchragan.

Qayd etilishicha, u avtomobil boshqaruvini yo‘qotib, 55 yoshli Beknazarov R. boshqaruvidagi Lacetti bilan to‘qnashuv sodir etgan, so‘ng beton to‘siqqa urilgan. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, YTHga Toyota haydovchisining rulda uxlab qolgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.
Qirg‘izistonlik fuqaroning Toyota avtomashinasi Bektemir posti yaqinida Lacetti va beton to‘siqqa urildi
Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati
Qirg‘izistonlik fuqaroning Toyota avtomashinasi Bektemir posti yaqinida Lacetti va beton to‘siqqa urildi
Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati
YTH natijasida yo‘lovchi — Samarqand viloyatida tug‘ilgan 25 yoshli Gulsara A. tan jarohati olib, tibbiy muassasaga joylashtirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.