Allamjonov va Mirziyoyeva barcha bilimli yigit-qizlarni intellektual klubga taklif qilmoqda

Allamjonov va Mirziyoyeva barcha bilimli yigit-qizlarni intellektual klubga taklif qilmoqda
Foto: Telegram / Komil Allamjonov
«Zakovat» intellektual klubi nodavlat notijorat tashkiloti tuziladi. Bu haqda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov ma’lum qildi.

«Bugun fond Vasiylik kengashi yig‘ilishida ‘Zakovat’ intellektual klubi NNT tuzish haqida qaror qabul qildik. Yaqin kunlarda ushbu klubning sayti joriy etiladi va unda ‘Zakovat’ga a’zo bo‘lish tartibi, o‘yin qoidalari, tadbirlar jadvali e’lon qilinadi. Barcha bilimli yoshlarni klubga taklif qilamiz!», — deb yozadi Allamjonov Telegram’dagi kanaliga.
Allamjonov va Mirziyoyeva barcha bilimli yigit-qizlarni intellektual klubga taklif qilmoqda
Foto: Telegram / Komil Allamjonov
Allamjonov va Mirziyoyeva barcha bilimli yigit-qizlarni intellektual klubga taklif qilmoqda
Foto: Telegram / Komil Allamjonov
Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Gender tengligini ta’minlash bo‘yicha komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva ham bu haqdagi yangilikni e’lon qildi.
Allamjonov va Mirziyoyeva barcha bilimli yigit-qizlarni intellektual klubga taklif qilmoqda
Foto: Telegram / Komil Allamjonov
«Mass-media fondi Vasiylik kengashi ‘Zakovat’ loyihasini yangi pog‘onaga ko‘tarish maqsadida ‘Zakovat’ intellektual klubi NNT ta’sis etish haqida qaror qabul qildi. Xotin-qizlarni bu ajoyib intellektual o‘yinda faol qatnashib, o‘z potensiallarini namoyish etishga chaqiramiz», — deb yozadi u.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.