Andijonda yuk mashinasi haydovchi rulda uxlab qolishi oqibatida pastlikka ag‘darildi

Andijonda yuk mashinasi haydovchi rulda uxlab qolishi oqibatida pastlikka ag‘darildi
Foto: YHXBB
Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida yuk mashinasi haydovchi uxlab qolishi oqibatida ag‘darilib ketdi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning 4 fevral kuni soat 08:00 larda Andijon viloyati Oltinko‘l tumani Oqtepa qishlog‘i hududidan o‘tgan 4R–112 avtomobil yo‘lining 130-kilometrida 1992 yilda tug‘ilgan haydovchi R.T. Volvo rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotib, charchoq sabab uxlab qolgan.

Oqibatida haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘ldan chiqib ketgan avtomobil pastlikka ag‘darilgan. Ag‘darilish vaqtida fuqaro N.U.ga tegishli bo‘lgan 7-xonadonning tunukadan yasalgan devor qismiga zarar yetgan.
Andijonda yuk mashinasi haydovchi rulda uxlab qolishi oqibatida pastlikka ag‘darildi
Foto: YHXBB
Ag‘darilish natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Mazkur hodisa yuzasidan Oltinko‘l tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.