«Obnal firma»lar bilan «soxta» bitim tuzgan davlat korxonalari ro‘yxati ma’lum qilindi

«Obnal firma»lar bilan «soxta» bitim tuzgan davlat korxonalari ro‘yxati ma’lum qilindi
Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va biznes uchun teng raqobat muhitini yaratish maqsadida faoliyatida soliqlarni to‘lashdan qochishning turli xil sxemalaridan foydalanganlik holatlari kuzatilgan «Shubhali» korxonalar ro‘yxati shakllantirildi, deya xabar bermoqda Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati. Ushbu ro‘yxatdan 396 ta korxona joy oldi.

Ushbu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘z faoliyati davomida qalbaki operatsiyalarni amalga oshirib, budjetga to‘lanadigan soliq summalarini kamaytirganlar. 10 mingga yaqin korxona ular bilan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirib, qariyb 1 trillion so‘m miqdoridagi qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini hisob (zachet)ga olgan holda budjetga to‘lamagan.

Bunday kontragentlar orasida 120 ta davlat korxonasi (47,3 mlrd. so‘m) va 86 ta davlat ulushi mavjud (48,1 mlrd. so‘m) korxona aniqlandi.
«Obnal firma»lar bilan «soxta» bitim tuzgan davlat korxonalari ro‘yxati ma’lum qilindi
«Obnal firma»lar bilan «soxta» bitim tuzgan davlat korxonalari ro‘yxati ma’lum qilindi
«Obnal firma»lar bilan «soxta» bitim tuzgan davlat korxonalari ro‘yxati ma’lum qilindi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.