Surxondaryoda opa-ukalar kelini va uning onasini o‘ldirish uchun killer yolladi

Surxondaryoda opa-ukalar kelini va uning onasini o‘ldirish uchun killer yolladi
Surxondaryo viloyatining Denov tumanida opa-ukalar kelini va uning onasini o‘ldirish uchun killer yollashdi. Bu haqda viloyat televideniyesi lavhasida xabar qilindi.

Unga ko‘ra, opa-ukalar muqaddam sudlangan va jazoni o‘tab chiqqan fuqaroni bu ishga jalb etishga harakat qilishgan va «ish» bitgandan so‘ng 3 million so‘m berishni va’da qilganlar.

Ammo «killer» o‘z vaqtida bu haqda IIB xodimlariga ma’lum qilgan. Natijada sahnalashtirilgan «qotillik»dan so‘ng, asl aybdorlar ushlandi.
Ayni vaqtda ularga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.