O‘zbekistonda aholini koronavirusga qarshi 1 apreldan emlash boshlanadi

O‘zbekistonda aholini koronavirusga qarshi 1 apreldan emlash boshlanadi
Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nurmat Otabekov «Sevimli TV» telekanalining «Zamon» ko‘rsatuviga bergan intervyusida O‘zbekistonda aholini emlash tadbirlari 1 apreldan boshlanishini ma’lum qildi.

«O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash tadbirlari 1 apreldan boshlanadi. Olib kelingan vaksina (AstraZeneca) bilan aytaylik, 330 ming odamni ikki marta emlashimiz kerak. Buning uchun vaksinalarni isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaydigan, vaksinani ochgan paytda to‘liq ishlatish imkoniyatlari yuzaga keladigan, qolaversa, yana bir bor birlamchi bo‘g‘in tizimini yangi vaksina bilan emlash ishlariga tayyorgarlik nuqtai nazaridan bu vaqtni belgilaganmiz», — deydi Nurmat Otabekov.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.