Samarqandda Malibu va Hyundai to‘qnashib ketdi

Samarqandda Malibu va Hyundai to‘qnashib ketdi
Foto: YHXBB
Ma’lum qilinishicha, 9 aprel kuni soat 21:30 da Samarqand viloyati Samarqand shahar Ibn Sino va Dahbed ko‘chalari kesishgan chorrahada 1995 yilda tug‘ilgan haydovchi A.J. boshqaruvidagi Hyundai Bongo hamda 1994 yilda tug‘ilgan haydovchi F.X. boshqaruvidagi Malibu ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.
Samarqandda Malibu va Hyundai to‘qnashib ketdi
Foto: YHXBB
Mazkur YTH yuzasidan Samarqand shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilgan. To‘qnashuv sodir bo‘lish sabablariga oydinlik kiritilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.