«Samarqand markazini ko‘chiramiz» — Shavkat Mirziyoyev

«Samarqand markazini ko‘chiramiz» — Shavkat Mirziyoyev
Samarqand markazidagi ma’muriy binolar Gulobod massiviga ko‘chiriladi. Shahar markazi esa to‘lig‘icha turizmga ajratiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyat faollar yig‘inida ma’lum qilib o‘tdi.

Samarqand qadimiy shahar. Bu yerga turistlar qadimiy obidalarimizni tomosha qilish uchun keladi. Ammo ularga yetarlicha sharoit mavjud emas.

Shu sababli ma’muriy binolarni Gulobodga ko‘chiramiz. Shahar markazi esa to‘liq turistlarga ajratiladi. Bu yerda mashina ham yurishi mumkin emas, faqat sayyohlar sayr qiladigan, tarixiy obidalarimizdan bahra oladigan joy bo‘lishi kerak.

Samarqandda turizmni rivojlantiramiz. Shuncha yo‘l bosib, Registonni ko‘rish uchun kelgan odam mashinalar orasida qolib ketmasligi kerak
, — dedi davlat rahbari.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.