Jizzaxda qoidani buzgan haydovchini so‘kkan YPX xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi

Jizzaxda qoidani buzgan haydovchini so‘kkan YPX xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi
Jizzax shahrida yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchini haqorat qilgan viloyat IIB YHXB YPX xodimiga nisbatan xizmat surishtiruvi o‘tkazilmoqda. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning 12 aprel kuni Jizzax viloyati IIB YHXB YPX xodimlari Z.P., Z G‘. va Sh.M. Jizzax shahar Islom Karimov shoh ko‘chasida tungi xizmatni olib borayotgan vaqtida YPX inspektori Sh.M. tomonidan «VAZ-2108» mashinasi haydovchisi yo‘l harakati qoidalarining 99-bandida belgilangan talablarga amal qilmasdan harakatlanganligi bois to‘xtatilgan.

YPX xodimi haydovchidan me’yoriy hujjatlarini taqdim qilishini so‘raganda haydovchi hujjatlarini taqdim eta olmagan. Haydovchi A.J.ga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma tuzilib, «VAZ-2108» vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga maxsus evakuator yordamida olib ketilayotganda haydovchi YPX xodimiga e’tiroz bildirib, qarshilik ko‘rsatgan. YPX inspektori Sh.M. haydovchi bilan muloqot jarayonida nosamimiy munosabatda bo‘lgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.