Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
 
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent shahar Sergeli tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tadbir davomida, fuqaro S.R. 2 dona rangsiz sellofan parchasiga o‘ralgan, “gashish” giyohvandlik vositasini shartli xaridorga sotgan vaqtida xodimlar tomonidan to‘xtatilib qolindi.

Shuningdek, fuqaro R.S.ning yashash xonadoni ham o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirilganida, uydagi shkaf ichida alohida parvarish qilinayotgan 9 tup “Kannabis” o‘simligi borligi aniqlandi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida sof og‘irligi 1,77 gr. “Gashish” giyohvandlik moddasi va 9 tup “Kannabis” giyohvanlik o‘simligi ashyoviy dalil sifatida olindi. Hozirda yuqoridagi  holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.