MIB: Yashnobodda muborak kunlari oilalar yarashtirilmoqda

MIB: Yashnobodda muborak kunlari oilalar yarashtirilmoqda
Majburiy ijro byurosining Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituvida FIB Mirobod tumanlararo sudining 13.06.2019 yildagi qaroriga asosan, qarzdor Z.Aqilovdan undiruvchi K.Aqilova foydasiga voyaga yetmagan ikki nafar farzandlari ta’minoti uchun 1/3 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organalr hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan qo‘zg‘atilgan ijro ishi mavjud edi.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan taraflar bilan bo‘lim davlat ijrochisi Sh.Sharofutdinov o‘rtasida suhbat olib borilib, savobli ishga qo‘l urildi.

Oila tiklanishiga hissa qo‘shilib, ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarning hayotiga quvonch qaytdi. Ular endi butun oila bag‘rida ulg‘ayishadi. MIB muborak kunlarda savobli ishlarni davom ettirmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.