Ozodbek Nazarbekov otasi vafot etgani haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi

Ozodbek Nazarbekov otasi vafot etgani haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning otasi Ahmad Nazarbekov vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Ozodbek Nazarbekov ushbu xabarlar yolg‘on ekanligini aytib, videomurojaat yo‘lladi.

«Toblari qochgan edi, hozirda o‘zlariga keldilar. Savollarimizga javob qaytaryaptilar. Ayrim hovliqma, og‘zi bo‘sh axborot tarqatuvchilardan ehtiyot bo‘lishlarini so‘rab qolgan bo‘lardim. Bu sizlarning xalq orasida ‘rost so‘zlovchilar’ safida turishingizga xizmat qiladi. Shu jumladan otamga chin yurakdan xizmat qilayotgan tibbiyot xodimlariga o‘z minnatdorligimni bildiraman. Xudo xohlasa otam yaxshi bo‘lib ketadilar», – deydi Ozodbek Nazarbekov.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.