Odamlarga o‘t o‘chirish mashinasida ayovsiz suv sepilgani yuzasidan rasmiy izoh berildi

Odamlarga o‘t o‘chirish mashinasida ayovsiz suv sepilgani yuzasidan rasmiy izoh berildi
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda yong‘in o‘chirish mashinalari tomonidan suv sepilayotgani  aks etgan videolar keng tarqaldi. 
Favqulodda vaziyatlar vazirligi video yuzasidan bayonot bilan chiqdi.
 
Mazkur holat vazirlik tomonidan to‘liq nazoratga olinib, hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu vaziyat respublikamizning Andijon viloyati Marhamat hamda Surxondaryo viloyati Denov tumanlarida yuzaga kelganiligi ma’lum bo‘ldi.

Unga ko‘ra, yuqorida qayd etilgan hududlarda koronavirus infeksiyasining o‘chog‘i aniqlangan hamda virus tarqalishining oldini olish maqsadida, dezinfeksiya ishlari shoshilinch, tartibsiz holda amalga oshirilgan.
 
Hodisa yuzasidan o‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli xodimlarga intizomiy choralar ko‘riladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.