Og‘ufurushlar faoliyati fosh etildi

Og‘ufurushlar faoliyati fosh etildi
Bojxona organlari tomonidan giyohvand vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash jadal tusda davom ettirilmoqda. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi DXX boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda To‘rtko‘l tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, “Neksiya” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, uning boshqaruvida bo‘lgan fuqaro Ch.A. belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada, fuqaro ustidagi qora rangli sport kiyimining o‘ng cho‘ntagida jami 3 dona polietilen o‘ramda qora rangli, o‘tkir hidli “opiy” giyohvandlik vositasiga o‘xshash modda borligi aniqlandi.

Shuningdek, ushbu avtotransport vositasi yukxonasidagi ehtiyot qismlar sumkasi ichiga yashirilgan 1 dona elektron tarozi va 1 litr sig‘imli gaz balon ham ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilib olindi.
\"\" 
 Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddalar sof og‘irligi 99,42 grammni tashkil etuvchi opiy giyohvandlik vositasi ekanligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.