Shavkat Mirziyoyev tibbiyot tizimida 5 ta yo‘nalishda jiddiy o‘zgarishlar qilinishini aytdi

Shavkat Mirziyoyev tibbiyot tizimida 5 ta yo‘nalishda jiddiy o‘zgarishlar qilinishini aytdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tibbiyot sohasidagi islohotlarning Sog‘liqni saqlash vazirligi, uning viloyat, tuman va shahar quyi bo‘g‘inlari hamda mahalliy ijro idoralari tomonidan qay darajada amalga oshirilayotganiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlanishicha, tibbiyot tizimida 5 ta yo‘nalishda jiddiy o‘zgarishlar qilinadi.
«Birinchisi – birlamchi tibbiyot bo‘g‘inini kasallikni erta aniqlaydigan va davolaydigan tizimga aylantirish.
Ikkinchisi – ixtisoslashgan markazlar tomonidan joylarda tor doiradagi tibbiy xizmatlar hajmini oshirish va sifatini tubdan yaxshilash.
Uchinchisi – raqamlashtirish orqali sohada qog‘ozbozlik, byurokratiya va korrupsiyani keskin qisqartirish.
To‘rtinchisi – tibbiyotning barcha yo‘nalishlarida raqobatning rivojlanishi va xususiy sektor jadal kirib borishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash.
Beshinchisi – tibbiyot xodimlarining bilimini oshirish, ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish.
Bu ishlarni vazir, vazir o‘rinbosarlari, viloyat, tuman va shahar tibbiyot rahbarlarining hammasi ham aniq tushunib, ishlayaptimi, degan savolga, afsuski, hozircha javob yo‘q», – dedi davlat rahbari.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.