Korrupsiya haqida xabar berganlarga mukofot bor

Korrupsiya haqida xabar berganlarga mukofot bor
Bugun AOKAda Sudyalarni lavozimlarga tayinlashdagi ochiqlik va shaffoflik, ularning chinakam mustaqilligini ta’minlash hamda tizimda korrupsiyaning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Xabar.uz muxbirining korrupsiyani oldini olish maqsadida ularga qanchalik imtiyozlar yaratilgan, deya bergan savoliga Sudyalar oliy kengashi Sud inspeksiyasi sudyasi Malika Qalandarova quyidagicha javob berdi.

«Sudyalar korrupsiyaga yo‘l qo‘ymasligi uchun ular uy-joy, xizmat mashinasi bilan ta’minlanadi. Shuningdek, ularning vakolati tugaganidan so‘ng uch oy mobaynida oylik maoshlari to‘liq saqlanib qoladi. Qo‘shimcha ravishda aytadigan bo‘lsak, hozirda korrupsiyaga aloqador holatlar bo‘yicha xabar bergan insonlarga ham alohida mukofot tayinlangan. Ularga BHMning 10 baravari miqdorida mukofot ajratiladi», dedi Malika Qalandarova.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.