Farg‘onada yosh yigit IIB xodimlarining xatti-harakatlariga norozilik sifatida tomirini kesdi

Farg‘onada yosh yigit IIB xodimlarining xatti-harakatlariga norozilik sifatida tomirini kesdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumani IIBda  talonchilikda gumonlangan yosh yigit tomirini kesganiga oid xabarlar tarqadi.

Aytilishicha, yosh yigit ichki ishlar bo‘limi xodimlarining xatti-harakatlariga norozilik sifatida shunday yo‘l tutishga majbur bo‘lgan.  Oilaning yolg‘iz boquvchi bo‘lgan gumondor ilgari ham bahsli ayblov bilan bir necha oy «o‘tirgani» aytiladi.

Farg‘ona vildoyat prokuraturasi holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Unga ko‘ra, gumondorga nisbatan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish uchun sudga olib ketilayotgan vaqtda u  qo‘l bilak sohasini kesib, o‘ziga jarohat yetkazgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qo‘shtepa tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.