Jizzaxda uch kishi 20 yoshli qizni o‘g‘irlab ketishdi

Jizzaxda uch kishi 20 yoshli qizni o‘g‘irlab ketishdi
Illustrativ foto
Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani «Mirzadala» shaharcha fuqarolar yig‘inida 20 yoshli qizni uch kishi o‘g‘irlab ketgan. Bu haqda «Rostda» xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ichki ishlar organlariga murojaat qilgan fuqaro 2001 yilda tug‘ilgan qizi uyidan chiqib, ishiga bormaganligini bildirgan. Olib borilgan surishtiruvlar davomida qizning o‘g‘irlangani aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, tuman markazida yashovchi uch nafar yigit jabrlanuvchining qarshilik ko‘rsatishiga qaramasdan uni «Nexia»ga majburlab mindirib, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi hududiga olib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzacho‘l tumanining «Do‘stlik» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi X.M., «Yerjar» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi H.M. hamda B.A.ga nisbatan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.