1 avgustdan boshlab to‘y va marosimlarni o‘tkazish tartibi belgilandi

1 avgustdan boshlab to‘y va marosimlarni o‘tkazish tartibi belgilandi
Foto: SSV
Respublika maxsus komissiyasi tomonidan mas’ul tashkilotlarning tegishli takliflari inobatga olinib, joriy yilning 1 avgustidan boshlab to‘yxonalarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish 50 kishidan ko‘p bo‘lmagan (yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qatiy rioya etgan holda o‘tkazishga ruxsat berildi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 1 aprelidan to‘yxonalarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish 100 kishidan ko‘p bo‘lmagan hamda sanitariya va gigiyena talablariga qatiy rioya etgan holda o‘tkazilishi belgilangan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.