O‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib 18 000 AQSH dollari olgan firibgarlar ushlandi

O‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib 18 000 AQSH dollari olgan firibgarlar ushlandi
Foto: Prokuratura departamenti
Jizzax shahrida 18 000 AQSH dollari evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Prokuratura departamenti axborot xizmati ma’lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax shahar bo‘limi hamda DXXning viloyat boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida fuqarolar G.R. va J.S.lar oldindan til biriktirib, ikki nafar fuqaroni vakolatli tanishlari orqali 18 000 AQSH dollari evaziga xorij universitetlaridan biriga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, shundan 5 800 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.