Ijro harakatlari natijasida bir oila uyga kiritildi

Ijro harakatlari natijasida bir oila uyga kiritildi
Majburiy ijro byurosi Xonqa tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining 27.10.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor M.D.dan undiruvchilar N.Q. va S.M.larning foydasiga Xonqa tumanida joylashgan uydan biriga kiritish bilan bog‘liq ijro hujjati mavjud.

Qarzdor tomonidan belgilangan ixtiyoriy muddatda undiruvchilarni uyga kiritmay, qonun talablariga bo‘ysunmadi.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida ijro hujjatida belgilangan yashash xonadoniga undiruvchi fuqarolar kiritib qo‘yilib, ijro ish yurituvi amalda tamomlangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.