Test o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar e’lon qilindi

Test o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar e’lon qilindi
Test sinovlari o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar e’lon qilindi. Bu haqda Davlat test markazi xabar bermoqda.

DTMning rasmiy veb-saytiga 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi.

Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:
  • stadion yoki xiyobonning rasmi;
  • hududga kirish joylari;
  • stadion yoki xiyobon nomi;
  • stadion yoki xiyobon manzili;
  • sektor raqami;
  • test topshiradigan guruhlar;
  • stadion yoki xiyobonning Google xaritadagi geolokatsiyasi.
Test sinovlarini o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar: https://dtm.uz/page/maydon_2021

Bildirilishicha, yuqoridagi sahifadan tegishli hududni tanlab, mazkur hududdagi test sinovlari o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishish mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.