O‘zbekistonda yangi antirekord — bir sutkada 951 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda yangi antirekord — bir sutkada 951 kishida koronavirus aniqlandi
Kecha yurtimizda 951 nafar kishida koronavirus aniqlandi, 9 nafar bemor vafot etdi.
2021-yil 4-avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 133852 (+951) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
  • 101 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 43 nafari Andijon viloyatida,
  • 21 nafari Buxoro viloyatida,
  • 103 nafari Jizzax viloyatida,
  • 34 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 19 nafari Navoiy viloyatida,
  • 40 nafari Namangan viloyatida,
  • 99 nafari Samarqand viloyatida,
  • 28 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 102 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 95 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 32 nafari Xorazm viloyatida,
  • 106 nafari Toshkent viloyatida,
  • 128 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 127309 (+932) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 9 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 910 nafarni tashkil qildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.