O‘zbekiston OTMlariga kirish uchun 5 avgustda o‘tkazilgan imtihonlarning natijalari e’lon qilindi

O‘zbekiston OTMlariga kirish uchun 5 avgustda o‘tkazilgan imtihonlarning natijalari e’lon qilindi
2021 yil 5 avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

‍5 avgust kuni test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini «my.dtm.uz» saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga 4 xil usulda bilishlari mumkin:
1️. «my.dtm.uz» saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda;
2️. «mandat.dtm.uz» sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID-raqamini kiritgan holda;
3️. davlat test markazining quyidagi Telegram-botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID-raqamini yuborgan holda:
@mandat2021bot;
@mandat2021_1_bot;
@mandat2021_2_bot;
@mandat2021_3_bot;
@mandat2021_4_bot.
4️. abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola)ni skaner qilgan holda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.