Jahongir Xo‘jayev sotib olganiga bir kun bo‘lgan Ford Mustang avtomobilida avariyaga uchradi

Jahongir Xo‘jayev sotib olganiga bir kun bo‘lgan Ford Mustang avtomobilida avariyaga uchradi
Komik aktyor va boshlovchi Jahongir Xo‘jayev sotib olganiga bir kun bo‘lgan Ford Mustang avtomobilida YTHga uchradi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan suratlardan ma’lum bo‘lishicha, yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi Kichik xalqa yo‘lida sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, Jahongir Xo‘jayev o‘zining Ford Mustang rusumli mashinasida Nexia avtomobili bilan to‘qnashib ketgan. Jahongirning o‘zi YTH haqida hozircha ma’lumot bermagan.
Jahongir Xo‘jayev sotib olganiga bir kun bo‘lgan Ford Mustang avtomobilida avariyaga uchradi
Foto: Instagram
Ma’lumot uchun, Jahongir Xo‘jayev bir necha kun avval Instagram’dagi sahifasiga avtosalondan video joylashtirgan, unda aktyor o‘z orzusidagi avtomobilni topganini aytgandi. 13 avgust kuni esa Jahongirning sahifasiga uning yangi mashinasini do‘stlariga ko‘rsatayotgani aks etgan video joylandi. Videoda «Sariq bola»ning qanday mashina xarid qilingani ko‘rsatilmagan, biroq u folloverlariga ushbu sirni tez orada oshkor qilishini aytgan edi.

14 avgust kuni soat 16:00 da Jahongir Xo‘jayev o‘z kuzatuvchilariga qanday rusumdagi avtomobilni xarid qilganini navbatdagi videoda ko‘rsatdi. Videoda Jahongirning ota-onasi va do‘stlari uning quvonchiga sherik bo‘lganini ko‘rish mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.