Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yana bir muhim e’lonini ma’lum qildi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yana bir muhim e’lonini ma’lum qildi
Mazkur e’lon kasb-hunar maktablarining 1—2-bosqich hamda texnikum, kollej va akademik litseylarning 2-bosqich o‘quvchilariga taalluqli.

\"Kasb-hunar maktablarining 1—2-bosqich hamda texnikum, kollej va akademik litseylarning 2-bosqich o‘quvchilari diqqatiga!

Professional ta’lim muassasalari va akademik litseylarda 2021/2022-o‘quv yili 6 sentabrdan boshlab an’anaviy ta’lim shaklida boshlanadi.

Ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yilining ilk dars mashg‘ulotlari — «Mustaqillik darslari» belgilangan metodik tavsiyalarga muvofiq «Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik» shiori ostida tashkil etiladi.

Eslatma o‘rnida, kollej va texnikumlarga 2021/2022-o‘quv yili uchun onlayn hujjat topshirish 10 sentabrga qadar davom etadi\" deyiladi e’londa.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.