“Lasetti”ga yashirilgan dorilar manzilga yetib bormadi

Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan muntazam ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari DXX xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi qonunbuzilish holatini fosh etishdi.
Yangiqo‘rg‘on tumanining chegara oldi hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro M.B. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Ko‘zdan kechirish natijasida avtotransport vositasi yukxonasida, tegishli hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 80 million so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan 22 237 dona tibbiyot dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida vaqtincha saqlovga olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari DXX xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi qonunbuzilish holatini fosh etishdi.
Yangiqo‘rg‘on tumanining chegara oldi hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro M.B. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Ko‘zdan kechirish natijasida avtotransport vositasi yukxonasida, tegishli hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 80 million so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan 22 237 dona tibbiyot dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida vaqtincha saqlovga olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













