Ketma-ket uch kun dam olish bo‘ladi

Ketma-ket uch kun dam olish bo‘ladi
Ertaga, 1 oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar bayrami taqvimda dam olish kuni sifatida belgilangan.
Demak, bugun barcha xodimlar odatdagidan 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy haqqi bor.

Shuningdek, haftasiga besh kun ishlaydigan xodimlar uchun 2-3 oktabr sanalari (shanba-yakshanba) ham dam olish kuni hisoblanadi. Ular ketma-ket uch kun dam olishlari mumkin. Haftasiga olti kun ishlaydigan xodimlar esa shanbada ishga chiqishadi.

Eslatib o‘tamiz, bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlash man etiladi. Mehnat Kodeksining 130-moddasiga ko‘ra, dam olish kunlarida xodimlarni ishlatish ta’qiqlanadi.

Xodimlarni shu kunlari ish beruvchining farmoyishi bilan ishga jalb etishga alohida hollardagina — jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, — ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilangan asoslar bo‘yicha va tartibda yo‘l qo‘yiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.