Surxondaryoda «Lasetti-2» avtomobili gaz balloni portladi

Surxondaryoda «Lasetti-2» avtomobili gaz balloni portladi
Foto: FVB
Bugun, 2 oktabr kuni soat 15:30 da Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida joylashgan «Jarqo‘rg‘on Sarbon-Broker MCHJ»ga qarashli siqilgan gaz to‘ldirish shoxobchasida «Lasetti-2» rusumli avtomobiliga gaz to‘ldirish jarayonida gaz ballonining yorilishi yuzaga kelgan.

FVB xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q, yong‘in sodir bo‘lmagan, yong‘in qutqauv ekipajlari chaqirilmagan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gaz ballonining yorilishiga avtomobilga o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgan (ECEK 110 SH 72 kg skotchli) gaz ballonining yuqori bosim ostida texnik deformatsiyasi sabab bo‘lgan.

Voqea joyiga FVB, IIB, prokuratura va boshqa tegishli idoralarning mutaxasisslari chiqishgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.