Korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish tartibi joriy etilmoqda

Korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish tartibi joriy etilmoqda
Foto: Adliya vazirligi
Loyihaga ko‘ra, qonunchilik hujjatlari loyihalarini “korrupsiyadan holi qonunchilik” tamoyili asosida ishlab chiqish va quyidagilarni nazarda tutuvchi korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish tartibi joriy etilmoqda:
➖ amaldagi 21 mingdan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar 2022 — 2026 yillarda to‘liq korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkaziladi;
➖ jismoniy shaxslar — mustaqil ekspertlarga korrupsiyaga qarshi ilmiy hamda mustaqil ekspertizadan o‘tkazish huquqi beriladi;
➖ ilmiy, oliy ta’lim tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari uchun korrupsiyaga qarshi ekspertiza bo‘yicha grantlar e’lon qilinadi;
➖ korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tazilmagan qonunchilik hujjatlari loyihalari Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiquvchiga qaytariladi;
➖ qonunchilik hujjatlaridagi korrupsiyaviy omillar tegishli davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini baholashning asosiy mezonlaridan biri etib belgilanadi.

Loyiha bilan quyidagilarni tasdiqlash nazarda tutilmoqda:
➖ qurilish, sog‘liqni saqlash, oliy ta’lim va davlat xaridlari sohalaridagi qonunchilik hujjatlaridagi korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;
➖ 2021 yilda amaldagi qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish rejasi (bundan buyon har yili shunday reja tasdiqlanadi);
➖ 2022 — 2026 yillarda amaldagi qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish reja-grafigi;
➖ davlat organlari va tashkilotlarining qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish faoliyatini baholash mezonlari.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.