Qidiruvdagi ota Toshkentdan topildi

Qidiruvdagi ota Toshkentdan topildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor Yu.S.dan undiruvchi A.M.ning foydasiga ikki nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun oylik ish haqi va boshqa daromadlarining uchdan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Biroq qarzdorni yashash manzilidan topish imkoni bo‘lmaganligi sababli qidiruv e’lon qilingan. Olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida qarzdor ota Toshkent shahrida topildi. Uning alimentdan qarzi 2021 yil 1 sentabr holatiga 10 mln so‘mdan ziyod ekanligi aniqlandi.

Qarzdorga aliment to‘lovlariga befarqlik bilan qarash, voyaga yetmagan farzandni ta’minotsiz qoldirish qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘lishi haqida tushuntirilganda, qarzdor aliment pullari to‘lab berdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.