Qamashidagi mudhish YTHda uch kishi halok bo‘ldi

17 oktabr kuni Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani xududidan o‘tuvchi «Toshkent-Termiz» avtomobil yo‘lida 1977 yilda tug‘ilgan O.E. «Nexia» rusumli avtomobilni boshqarayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi oqibatida Sh.T. boshqaruvida bo‘lgan «Damas» rusumli avtomobili bilan to‘qnashgan.
YHXBB xabariga ko‘ra, ikkala haydovchi va «Damas» rusumli avtomobili yo‘lovchisi D.E. og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan hamda yana bir yo‘lovchi tan jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!YHXBB xabariga ko‘ra, ikkala haydovchi va «Damas» rusumli avtomobili yo‘lovchisi D.E. og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan hamda yana bir yo‘lovchi tan jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













