DXX ISHID safida jang qilgani aytilgan shaxsni O‘zbekistonga olib keldi

DXX ISHID safida jang qilgani aytilgan shaxsni O‘zbekistonga olib keldi
Xalqaro terroristik tashkilotlarga aloqadorligi uchun qidiruvda bo‘lgan «I.O» DXX xodimlari tomonidan xorijdan O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda DXX axborot xizmati xabar berdi.

«I.O» 2014 yil fevralida ishlash maqsadida Rossiyaga boradi va internet orqali xalqaro terroristik tashkilotlar a’zolari bilan aloqaga kirishadi.

Natijada ularning ta’siri ostida rafiqasi bilan 2015 yil martida Ukraina orqali avval Turkiya, so‘ngra Suriyaga o‘tib, «Islom davlati» safiga qo‘shiladi.

U 2015-2021 yillarda Suriya va Iroqda jangovar harakatlarda qatnashadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.