«Toshkentda shunday bo‘lsa, Qoraqalpog‘istonda qanday?» — Shavkat Mirziyoyev maktab oshxonalari haqida

Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumani Gulobod mavzesiga tashrifi davomida 41-maktabga kirdi. Prezident sport zaliga kirib, jismoniy tarbiya darsidagi bolalar va o‘qituvchilar bilan gaplashdi. Maktab oshxonasi, menyusini ko‘rdi va birma-bir surishtirdi.
«Bular endi imkoni yetgancha masalliq olib kelib, tayyorlashadi. Toshkentda shunday bo‘lsa, Qoraqalpog‘istonda qanday? Maktab oshxonalarining ichiga hali kirmadik. Sifati, muddati qanday, narxi — bularni tizimga solish bo‘yicha ish olib bormadik. 10 yanvarga qadar maktablar oshxonalariga sifatli, to‘yimli, balanslashtirilgan taomnoma bo‘lishi uchun ketring xizmatini autsorsing asosida tashkil qilish bo‘yicha puxta loyiha qilinglar», — dedi Prezident.
Shuningdek, maktab 2 smenali bo‘lishi uchun yangi korpus qurish bo‘yicha topshiriq berildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!«Bular endi imkoni yetgancha masalliq olib kelib, tayyorlashadi. Toshkentda shunday bo‘lsa, Qoraqalpog‘istonda qanday? Maktab oshxonalarining ichiga hali kirmadik. Sifati, muddati qanday, narxi — bularni tizimga solish bo‘yicha ish olib bormadik. 10 yanvarga qadar maktablar oshxonalariga sifatli, to‘yimli, balanslashtirilgan taomnoma bo‘lishi uchun ketring xizmatini autsorsing asosida tashkil qilish bo‘yicha puxta loyiha qilinglar», — dedi Prezident.
Shuningdek, maktab 2 smenali bo‘lishi uchun yangi korpus qurish bo‘yicha topshiriq berildi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













