Samarqandda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i qo‘lga tushdi

Samarqandda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i qo‘lga tushdi
Samarqand viloyatidagi tumanlardan birining uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i xizmat mavqeidan foydalanib, bir fuqaro bilan kelishgan holda o‘zganing ishonchiga kirgan.

Unga tuman tibbiyot birlashmasining foydalanilmayotgan omborxonasini olib berish uchun 10 ming dollar talab qilgan. «O‘zbekiston24» telekanali xabarida qaysi tuman ekani ochiqlanmagan.

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda ular oldindan 5 ming dollar mablag‘ni olgan paytda ushlangan.

Ayni paytda ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilyapti.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.