Andijonda tahqirlangan bo‘ri «xaski» zotli it bo‘lib chiqdi

Andijonda tahqirlangan bo‘ri «xaski» zotli it bo‘lib chiqdi
Kadr: Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahrida aholining uyidan kurka va tovuqlarini yeb ketayotgan bo‘ri ushlangani tasvirlangan video tarqaldi. Zanjirband qilingan va tahqirlangan bo‘ri videosi ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘lgani bois vaziyat viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganilgan. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar berdi.

O‘rganish natijasiga ko‘ra, ushbu jonzot bo‘ri emas, balki «xaski» zotiga mansub it ekani aniqlangan. Ushbu it hozirgi kunda qarovsiz holda bo‘lgani sababli hayvonot bog‘iga vaqtincha saqlash uchun topshirilgan.

«Hurmatli fuqarolar, aholi o‘rtasida vahima uyg‘otadigan ma’lumot, foto va videolavhalarni berishdan avval soha mutaxassislari bilan maslahat olish tavsiya etiladi», — deyiladi munosabatda.
Andijonda tahqirlangan bo‘ri «xaski» zotli it bo‘lib chiqdi
Foto: Andijon viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.