Aholining ayrim toifalariga 800 ming so‘mdan pul tarqatiladi

Aholining ayrim toifalariga 800 ming so‘mdan pul tarqatiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yilning dekabr oyida aholining ayrim qatlamlariga kiruvchi oilalarga 800 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qarorini imzoladi. Bu haqda Telegram’dagi «Nigoh» kanali xabar qildi.

Aholining quyidagi qatlamlariga kiruvchi oilalarga 800 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi:
  • «Temir daftar» ro‘yxatida bo‘lgan oilalarga (2021 yil davomida);
  • 18 yoshga to‘lmagan farzandlari bor boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarga;
  • 18 yoshgacha bolalar uchun nogironlik nafaqasini oluvchi oilalarga.

Pullarni yangi yilgacha tarqatish rejalashtirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.